Iroda Axmedova
стоматология хизмати
18/05/2026
🦷
31/03/2026
Bu tish avval ham davolangan edi.
Bir paytlar uni hattoki “saqlab qolishgan”.
Lekin vaqt o‘tdi…
Plomba kattalashib bordi,
tishning o‘zi esa tobora kichrayib ketdi.
U og‘rimadi.
Bezovta qilmadi.
Shunchaki… jim-jit yemirilib bordi.
Bir kun kelib esa undan deyarli hech narsa qolmadi.
Go‘yo hammasi tugagandek.
Olib tashlash kerakmi?
Yo‘q.
Biz kanallarni qayta davoladik.
Oldingi davolashdagi kamchiliklarni bartaraf etdik.
Tishning kultya qismini qayta tikladik — deyarli boshidan yig‘dik.
Endi u yana xizmat qilishi mumkin.
Lekin endi boshqa qoidalar bilan.
Bunday tishlarni himoyasiz qoldirib bo‘lmaydi.
Unga albatta koronka kerak.
Shu sababli biz bemorni o‘z ortoped stomatologiga yo‘naltirdik,
davolashni davom ettirib, tishni koronka bilan to‘liq tiklash uchun.
Eng muhimi — bu tishni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.
28/03/2026
Бу тишни кўрган кўпчилик шифокорлар:
“уни сақлаб бўлмайди, олиш керак” дейишган…
Бемор эса охири менга келди.
Ростини айтсам, ҳолат осон эмас эди:
илдиз каналлари мураккаб, Мб2 канали ташлаб кетилган,
тишнинг тож қисми деярли қолмаган.
Лекин стоматологияда энг муҳим нарса — бу сабр ва тўғри тактика.
Мен қайтадан каналларни даволадим, инфекцияни тўлиқ тозаладим,
ва энг муҳими — тишни сақлаб қолишга ҳаракат қилдим.
Чунки ҳар қандай имплант ҳам
табиий тишни тўлиқ алмаштира олмайди.
Натижа?
Тиш сақланди. Огриклар колди.
Ва биз уни коронка билан тўлиқ тикладик.
Бугун бемор эркин овқатланяпти,
ва энг асосийси — ўз тиши билан 😊
27/03/2026
«Бу тишни кўрган кўпчилик шифокорлар:
“уни сақлаб бўлмайди, олиш керак” дейишган…»
Бемор эса охири менга келди.
Ростини айтсам, ҳолат осон эмас эди:
илдиз каналлари мураккаб, Мб2 канали ташлаб кетилган,
тишнинг тож қисми деярли қолмаган.
Лекин стоматологияда энг муҳим нарса — бу сабр ва тўғри тактика.
Мен қайтадан каналларни даволадим, инфекцияни тўлиқ тозаладим,
ва энг муҳими — тишни сақлаб қолишга ҳаракат қилдим.
Чунки ҳар қандай имплант ҳам
табиий тишни тўлиқ алмаштира олмайди.
Натижа?
Тиш сақланди. Огриклар колди.
Ва биз уни коронка билан тўлиқ тикладик.
Бугун бемор эркин овқатланяпти,
ва энг асосийси — ўз тиши билан 😊
10/03/2026
Ba’zan eng xavfli kariyes — umuman og‘riq bermaydigan kariyes bo‘ladi…
Bir kuni qabulimga bir bemor keldi va dedi:
“Doktor, meni hech narsa bezovta qilmayapti. Shunchaki tishlarimni tekshirtirmoqchiman.”
Ko‘rik vaqtida bir chaynoy tishi deyarli ideal ko‘rinardi.
Faqatgina fissurada juda kichkina qora nuqtalar bor edi… ular shunchalik kichkina ediki, ko‘pchilik bunga umuman e’tibor bermagan bo‘lardi.
Men bemordan so‘radim:
— Bu tish sizni hech bezovta qilmaganmi?
Bemor ishonch bilan javob berdi:
— Yo‘q, bu tishim juda yaxshi.
Lekin stomatologlar biladi: ba’zan kichkina nuqta — bu faqat muammoning “kirish joyi”.
Fissurani ehtiyotkorlik bilan ochganimda ma’lum bo‘ldiki, shu kichkina nuqta ostida kariyes yashirinib, tishni ichidan yemira boshlagan ekan. Tashqaridan hammasi deyarli ideal ko‘ringan, lekin ichkarida jarayon allaqachon boshlangan edi.
Bemor hayron bo‘lib dedi:
“Qanday qilib? Axir u umuman og‘rimagan-ku!”
Shuning uchun profilaktik ko‘riklar juda muhim.
Kariyes ko‘pincha sekin va sezilmasdan rivojlanadi.
Muammoni kichkina plomba bilan hal qilish — keyinchalik kanal davolashga to‘g‘ri kelishidan ko‘ra ancha yaxshiroq.
Siz oxirgi marta qachon tishlaringizni tekshirtirgansiz? 🦷
24/06/2024
Click here to claim your Sponsored Listing.
Category
Website
Address
Chilanzar
Tashkent
